14.10.2022
144 marta o'qildi

2022 - yil 13 - oktabr VI-47-128-8-116-K/22 Sariosiyo tuman hokimligi
“Ochiq budjet” portali orqali Sariosiyo tumanida 2022-yil avgustsentabr oylarida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda jamoatchilik fikri asosida
shakllangan tadbirlarni ko‘rib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha manzilli
ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
2022-yil avgust, sentabr oylarida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda
jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida
fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori va xalq deputatlari Sariosiyo tuman
Kengashining 2021-yil 27-apreldagi VI-25/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“Sariosiyo tumani mahalliy budjeti mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida
shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga
asosan xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Sariosiyo tumani bo‘yicha 2022-yil avgust, sentabr oylarida
o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda jamoatchilik fikri asosida shakllangan
tadbirlarni ko‘rib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxati
hamda tuman hokimligi huzurida tashkil qilingan fuqarolar tashabbusi
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jamoatchilik fikri asosida belgilangan
tadbirlarni moliyalashtirish 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimligi Axborot xizmati (M.Xasanova), “Sariosiyo”
gazetasi bosh muharriri (A.Raxmonov)ga g‘olib deb topilgan tashabbuslar
ya’ni, 2022-yil avgust, sentabr oylarida o‘tkazilgan ikkinchi bosqichda
jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha
manzilli ro‘yxatni hamda ushbu jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan
tadbirlarning moliyalashtirilishini, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha
ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib borish
e-qaror.gov.uz 13.10.2022
2
tavsiya etilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari
Sariosiyo tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro
etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni
rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Asadov
zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi A.P.Xujaqulov



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?