...
07.12.2022
178 marta o'qildi

Kuni kecha Sariosiyo tuman Adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va Sariosiyo tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda 9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Unda pensiya jamg‘armasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida, yurtimizda va byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliyotga tatbiq etilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korrupsiyani oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?