...
30.01.2024
71 marta o'qildi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining 2024-yil 29-yanvar kungi 2-sonli buyrugʻi bilan Sheraliev Suxrob Rustamovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Surxondaryo viloyat Sariosiyo tuman boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Sheraliev Suxrob Rustamovich 1977-yil Sariosiyo tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, ma’lumoti oliy, Oʻzbekiston Milliy Universitetini tamomlangan, ma’lumoti boʻyicha mutaxassisligi huquqshunos.

Sheraliev Suxrob Rustamovich 1997-yildan Jinoyat ishlari boʻyicha Oltinsoy, Denov tuman sudlarida, 2013-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudlarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021-yildan Sariosiyo tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhida, 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar tuman hokimligi ijro intizomi nazorat boʻlimida ishlab kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr kungi PF-209-sonli Farmoniga asosan mahallalar uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari boʻyicha tuman (shahar) hokimi oʻrinbosariga tenglashtirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?