...
06.01.2023
113 marta o'qildi

O‘zbekiston dorixonalarida Hindistonning “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan barcha turdagi dorilar savdosi to‘xtatildi. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan brifingda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Marion Biotech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dorisi tarkibida qo‘shimcha moddalar aniqlangani bois, hozirda ishlab chiqaruvchining boshqa dorilari tarkibi ham laborator tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining joriy yilning 22 dekabrdagi buyrug‘i bilan “Dok-1 Maks” dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish topshirig‘i berilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?