...
18.03.2024
27 marta o'qildi

Inson yaralibdiki, tabiat atrof-muhitni anglashga, yangiliklar yaratishga intilib keladi. Buning natijasida, hozirgi kungacha misli ko‘rilmagan ixtirolar qilinib, insoniyatning to‘kin va bekam-ko‘st yashashiga xizmat qilib kelmoqda. Ammo, ixtirolarning hammasi ham insoniyatga qulaylik yaratish va zavq berish uchun yaratilgan emas.

 

Qurol….Ming yillardan buyon insoniyat o‘zini himoya qilish va afsuski o‘zaro ziddiyatlar ortidan bir-birini qirib tashlash maqsadida turli qurol yarog‘larni ixtiro qila boshladi. Buning natijasi, hammamizga ma’lum bo‘lgan hattoki yer yuzini vayron qilishga qodir yadro qurollari ham ixtiro etildi. Bunday vaqtlarda tinchlikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash uchun barcha birdek mas’ul hisoblanadi.

 

Afsuski, hozirgi kunda g‘arb madaniyatining yurtimizga kirib kelishi ayniqsa yoshlarimizning hulk-atvoriga salbiy ta’siri natijasida ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan o‘zbekona odob-axloq qoidalari, vatanga va ota-onaga hurmat ko‘rsatish kabi an’analarimiz yo‘qolib, natijada yoshlar orasida sovuq qurollar, o‘q-dorilarni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatchilik va huquqbuzarliklar avj olib bormoqda.

 

Shu o‘rinda, eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 248-moddasiga binoan tegishli ruxsatnomasiz qurol-yarog‘, o‘q dorilarni saqlash, olib yurish, undan foydalanish, - bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinda BHM) 50 baravarigacha yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, - 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish, - 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Agarda ushbu buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Shunday ekan o‘zingiz va o‘zgalarning hayotini xavf ostida qoldirmang!!!



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?