...
04.11.2022
217 marta o'qildi

Respublika Gidrometeorologiya markazi bosh direktorining xabar berishicha, joriy yilning 6-8 noyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, viloyatimizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on va Muzrobot tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan zarur ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.

Ma’lumot uchun, sel oqimlari 85% holatda jala yog‘ishi, 4 % holatda tog‘ qorlarining erishi, 1,3 % holatda tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalarining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

 Sel oqimlarida hududida faqat qochib qutilish mumkin, sel oqimi juda tez shakllanishi sababli, turli balandliklar, tepaliklar yoki daraxtlarga chiqib saqlanish mumkin. Uning davomiyligi 3-5 soatgacha yetishi mumkin.

 Toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelganda respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?