...
13.03.2023
104 marta o'qildi

“O‘zbekneftegaz” shoxobchalarida 92 benzin narxi arzonladi
“UNG Petro” AYOQSHlarida AI-92 benzin narxi 7500 so‘mni tashkil qilyapti. Ma’lum qilinishicha, AI-92 benziniga bahorgi chegirma e’lon qilingan va cheklangan vaqtgacha davom etadi.
“UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 benzini 7200 so‘mdan sotilyapti.
O‘zbekneftegaz 92 benzinga bahorgi chegirma e’lon qildi, bu narx cheklangan vaqtgacha saqlanib qoladi.
“Kelayotgan bayram arafasida biz “UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 benziniga qulay bahor chegirmalarini taklif qilishdan mamnunmiz! Endi siz avtomobilingizga har litriga atigi 7500 so‘mlik qulay narxda yoqilg‘i quyishingiz va biz bilan ajoyib mavsumdan bahramand bo‘lishingiz mumkin”, - deyiladi rasmiy xabarda.
 Ma’lumot uchun, bungacha “O‘zbekneftegaz” AYOQSHlarida AI-92 benzinining narxi 9200 so‘mni tashkil qilayotgandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?