Joriy yilning 23 yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik lisey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilgan.