...
19.12.2022
97 marta o'qildi

IIV Kiberxavfsizlik markazi telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda tarqalayotgan “Yangilik barcha O‘zbekiston fuqarolariga 400.000 so‘m yordam puli berilyapti, yordam pulini olish uchun pastdagi ko‘k ssilka ustiga bosing” mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo unga ishonmaslikni ta’kidlab, bu xabarlar yolg‘on ekanidan ogohlantirdi.

“E’tiborli bo‘ling, bu safar firibgarlar ishontirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ko‘rinishidan foydalanib, zararli havolani tarqatgan. Mazkur havola orqali firibgarlar Sizning bank plastik kartangizdagi pulingizni noqonuniy o‘zlashtirishni rejalashtirgan.

Noma’lum manzildan kelgan havolaga kirmang. Feyk xabarlarga aldanib qolmang, batafsil ma’lumotlarni olish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!”, – deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?