...
30.01.2024
29 marta o'qildi

Issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etildi:

har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;

har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;

 issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etganda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?