...
01.04.2024
19 marta o'qildi

Tumanimiz aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida, hozirgi kunda Sariosiyo tumani 4Р-108Б avtomobil yo‘lida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasi 4Р-108Б
3-5-km. oraliqlarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

 

 

 

 

 

Yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarimizga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.

 

Denov-Uzun yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan avtomobil haydovchilaridan tumanning Binokor koʻchasi (Toʻpalang daryosi yoʻli) orqali harakatlanishi maqsadga muvofiqligi haqida ma'lum qilinadi.

 

Hurmatli haydovchilardan, Sariosiyo tuman markaziy avtomobil yoʻlidan harakatlanish vaqtida yo'l qoidalariga hamda haydovchilik madaniyatiga rioya etish soʻraladi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?