...
09.01.2023
278 marta o'qildi

Havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida aholining “zangori” yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Shuning uchun har bir iste’molchi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida gazdan to‘g‘ri va oqilona foydalanishi shart.

Gaz so‘rg‘ichlardan foydalanmang!
Nostandart, ya’ni qo‘lbola, sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlar bilan uyni isitmang! - isitish pechlarining dudbo‘ronlariga yana bir marotaba e’tibor qarating, ularni noto‘g‘ri o‘rnatmang!
Gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmang!
Suyultirilgan gaz ballonlarini qo‘yilgan talab asosida o‘rnatishni unutmang!

Agar sizda gaz bilan bog‘liq muammolar bo'lsa, 24 soat davomida faoliyat olib boradigan 1104 “Call markazi”, 104 raqami ostidagi dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, murojaatingizni qoldiring. Xavfsizlikni ta’minlashga e’tiborli bo‘ling! Unutmang, gazdan noto‘g‘ri foydalanish turli baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.



1 izox
  1. Азамат

    Хурматли Сариосиё газ таминоти мани аризам қуйдагича Шу хафтада душанба куни 30000 тўлов қилгандим бугун еса 672 минг сўм қарздорлик онлайн шотда чқб келмоқда шунде бўлиши мумкунми газ еса ўчди.

Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?