...
08.04.2024
47 marta o'qildi

        Rasman: Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuni nishonlanadi

 

      O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar muhokama qilindi.

 

     O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

(https://t.me/muslimuzportal/37236)



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?