...
15.04.2024
13 marta o'qildi

"O‘zgidromet" tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi

 

Xabarda  aytilishicha, joriy yilning 16-17-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jumladan:

 

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?