“Hududgaz Surxondaryo” GTFning 2025-yil 14-mart kunidagi 183-sonli telefonogrammasiga asosan, “Sariosiyotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Sariosiyo tumani, Shahriobod mahallasi hududidagi “Sharg'un” GRS va Bog‘iston mahallasi hududidagi “203-Gazarak” GRSda ta'mirlash ishlari bajarilishi sababli 2025-yil 17-mart kuni soat 10-00 dan soat 17-00 gacha tumanning:
Aeroport;
Alisher Navoiy;
Afrosiyob;
Bog‘ishamol;
Bog‘iston;
Do‘stlik;
Feruz;
Gulobod;
Hulkar;
Lochin;
Lutfkor;
Jannatmakon;
Konchilar;
Ma’dankon;
Mehr-shafqat;
Mirzo Ulug‘bek;
Niloba;
Sa’diy Sheroziy;
Tortuli;
Xalqobod;
Chilonzor;
Yangihayot;
Yoqutli bog‘;
Shahriobod;
Sharq yulduzi;
Shabnam mahallaridagi jami 12638 ta aholi xonadonlari hamda 170 ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqida ma’lum qilinadi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Sariosiyotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.