...
08.10.2022
425 marta o'qildi

Qo‘mita quyidagi bo‘sh lavozimlarga xotin-qizlarni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona postiga 2 nafar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi kichik inspektori;

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postiga 3 nafar, “Ayritom” chegara bojxona postiga esa 1 nafar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi kichik inspektori;

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona postiga 6 nafar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi guruhi kichik inspektori.

Mazkur lavozimlarga tanlov asosida O‘zbekiston fuqarolari, yoshi 17 dan kam bo‘lmagan va 30 dan oshmagan, oliy ma’lumotga ega, o‘zining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat vazifalarini bajarishga qodir – bo‘yi 160 sm.dan kam bo‘lmagan AYOLLAR qabul qilinadi.

Nomzodlar iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya hisobi va audit, soliq, bojxona ishi, yurisprudensiya, xorijiy filologiya, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassisligiga ega bo‘lishi hamda kamida bitta chet tilini bilishlari lozim.

Ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi sahifa orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin:

https://new.customs.uz/uz/services/vacancy

Arizalar 17 oktyabrga qadar qabul qilinadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?