...
09.08.2024
88 marta o'qildi

XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING OLTMISH TO‘QQIZINCHI SESSIYASI
KUN TARTIBI

 

     1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.

     (Ma’ruzachi: Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Jalilov)

 

     2. “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da Yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limining hisoboti to‘g‘risida.

     (Ma’ruzachi: Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G.Dusanova)

 

     3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy majlis palatalari va hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish to‘g‘risida.

     (Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

     

     4. Tuman hududida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etish to‘g‘risida.

     (Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

     5. Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

     (Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlanitirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

 

     6. Huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan yerlar va ushbu yerlardan foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi Ishchi guruhining hisoboti to‘g‘risida.

     (Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

     7. Sariosiyo tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining 2024-yil 06-maydagi xatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

     (Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi)

 

     8. Boshqa masalalar.

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?