...
28.02.2023
106 marta o'qildi

AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi

Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022 yil 10 dekabrdan boshlab amal qilayotgan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llashning amal qilish muddati ertaga, 2023 yil 1 mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2941) qarorga muvofiq, iste’molchilarning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?