...
12.09.2023
25 marta o'qildi

70 kilogrammga yaqin narkotik modda ushlab qolindi

“Sariosiyo” chegara bojxona postida mamlakatimizga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi Bojxona xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning kabinasidagi ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarga 66 ta o‘ram modda yashirilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur o‘ramlar ochib ko‘rilganda ularning 30 tasida 31,9 kilogramm og‘irlikda “geroin”, 36 tasida 37,3 kilogramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi joylangani fosh etildi.

Ushbu holatda jami ushlanib qolingan giyohvandlik vositalarining og‘irligi o‘rami bilan hisoblaganda 69,2 kilogrammni tashkil etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?