...
21.03.2023
178 marta o'qildi

Navro‘z bayrami tumanimizda ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi

Insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni oʻzida ifoda etadigan Navroʻz bayrami eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi.

Navroʻz anʼanalarini qayta tiklash va asrab-avaylash oʻzbek xalqining madaniy-tarixiy merosiga boʻlgan chuqur hurmatni anglatadi. Shu bilan birga, bugungi avlodning ushbu qadimiy bayramning atrof-muhit bilan uygʻun holda yashashga intilishni mujassam etgan gʻoyalari va qadriyatlariga sodiqligini ifoda etadi.

Bugun, yurtimiz bo‘ylab yangilanish va yosharish ayyomi Navro‘z bayrami keng miqiyosda nishonlanmoqda. Xususan tumanimizda bayram katta shodiyona bilan kutib olindi. Mahallalarda tashkil etilgan bayram tadbirlariga tuman hokimi Abduqodir Donayev tashrif buyurib barchani bayram bilan tabrikladi hamda madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar tuman ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?