...
2022-02-13 13:24:20
5 Comments


Sariosiyo tumanidagi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i birinchi o'rinbosari Zuhra Esanova boshchiligida "Xotin qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi hukumat qarorining mazmun mohiyati bilan tanishtirish bo‘yicha ayollar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda "Ayollar daftari"ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda kreditlarning foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida belgilanib, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko'p bo'lmagan muddatda Xalq bankining tuman, shahar filiallari tomonidan berilishi bo'yicha Xalq bankining Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'rinbosari G.Mamatova tomonidan ma‘lumot berildi.



Taklif va mulohazalaringizni jonating